Xotiralar ildam quvadi meni. Sher Matni
Seni uchratishdan qörqaman nechun, Nechun xotiralar solar qörquvga. Sevgimizga shafqat qilmadi ochun, Tushlarim aytildi necha bor suvga. Közguga boqishdan qörqaman hatto, Eslatib qöyadi közlarim seni. Seni unutaman deganim xato, Xotiralar ildam quvadi meni. Yerni yumaloq deb aytmaslar bejiz, Bir osmon ostida yashaymiz axir. Shunday katta shaharda töqnash kelamiz, Nimaga, nimaga beshafqat taqdir. Taqdir yöllarimiz kesishmasa gar Nega yöllarimiz kesishaverar. Metro, köchalar va ushbu shahar, Qalbimga nish urib seni yölatar.