Ikki yil tanaffusdan so'ng yana yakkaxon konsert… Ma’suliyat juda ham katta… Ustiga ustak 3 kun… «Xalqlar do’stligi saroyi»da… O’zbek estradasi mega yulduzi erka malikamiz ZIYODA 31-oktyabr, 1 - 2-noyabr kunlari o’zining uchinchi "Sevadi Yorim" nomli yakkaxon konsert dasturini taqdim etishidan deyarli barcha xabardor. Biroq, konsert haqida ba’zi ma’lumotlarni ko’pchilik bilmaydi. Bu ma’lumotlar esa faqat bizda! ZIYODA konsert dasturiga imkon qadar jadal tayyorgarliklar ko’rdi. Har bir qo’shiq uchun alohida-alohida sahna ko’rinishi tayyorlandi. Turli xil raqslarni o’rgandi. Yangi taronalar yozdi. Xullas, har bir xonanda o’z konsert dasturiga qanday hozirlik ko’rsa, ZIYODA ham ulardan kam tayyorgarlik ko’rmadi. yangi taronalar... Juda ham go’zal dekoratsiya hammaning diqqat markazida bo’lishi aniq. . Xullas, nima bo’lganda ham ertaga konsertga tashrif buyurib, bariga o’zingiz guvoh bo’lishingiz mumkin.